Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada yana bir ko‘prik qulab tushdi

Rossiyada yana bir ko‘prik qulab tushdi

Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatining Jeleznogorsk tumanida yakshanbaga o‘tar kechasi yuk poyezdi harakatlanayotgan vaqtda temir yo‘l ko‘prigi qulab tushdi.

Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn "Telegram"da ma’lum qildi.

"Bugun tunda Jeleznogorsk tumanidagi Trosna-Kalinovka avtomobil yo‘lining 48-kilometrida yuk lokomotivi harakatlanayotganda ko‘prik qulab tushdi. Poyezdning bir qismi ko‘prik ostida qolgan yo‘lga qulab tushdi. Lokomotiv yonib ketdi - Favqulodda vaziyatlar vazirligi uni tezda lokalizasiya qildi", deb yozdi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun lokomotiv ekipaji kasalxonaga yetkazilgan, jarohatlangan va qurbonlar soni aniqlanmagan.

"Ko‘prik ostidan avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatildi, aylanma yo‘l tashkil etildi", — deya qo‘shimcha qildi viloyat rahbari.

Avvalroq, Bryansk viloyatidagi ham ko‘prik qulab tushgani haqida ma’lumot berilgandi.

Kiritildi: 11:09 01.06.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!