Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak piyodani urib yubordi

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak piyodani urib yubordi

Rossiyaning Leningrad viloyatida 28 yoshli o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Hodisa 11 oktyabr kuni tunda Mini – Novinka avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yuz bergan. O‘zbekiston fuqarosi Chevrolet Cruze avtomobilida yo‘lning qatnov qismida 50 yoshli erkakni belgilangan piyodalar o‘tish joyidan tashqarida urib yuborgan. Piyoda qoramtir rangli kiyimda, nur qaytaruvchi elementlarsiz bo‘lgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Marhum muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs ekani aniqlangan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, avariyadan oldin piyoda qatnov qismining o‘rtasida bo‘lgan va uzoqdan ko‘rinmagan. Hodisa tafsilotlari polisiya tomonidan o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 10:46 13.10.2024. O'qildi: 1607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!