Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyada Telegram va WhatsApp messenjerlaridagi qo‘ng‘iroqlar “jinoyatchilarga qarshi turish uchun” qisman cheklandi

A A A
 Rossiyada Telegram va WhatsApp messenjerlaridagi qo‘ng‘iroqlar “jinoyatchilarga qarshi turish uchun” qisman cheklandi

Bu haqda RIA Novosti Roskomnadzor bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

"Huquqni muhofaza qiluvchi organlar materiallariga muvofiq jinoyatchilarga qarshi kurashish maqsadida ushbu xorijiy messenjerlarda qo‘ng‘iroqlarni qisman cheklash choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz. Ularning funsionalligiga boshqa hech qanday cheklovlar kiritilmaydi. Telegram va WhatsApp xorijiy messenjerlari Rossiya fuqarolarini aldash va pul undirish, qo‘poruvchilik va terrorchilik faoliyatiga jalb qilish uchun ishlatiladigan asosiy ovozli xizmatlarga aylandi", deyiladi Roskomnadzor bayonotida.

Telegram Roskomnadzorning messenjerdagi qo‘ng‘iroqlarni “qisman cheklash” qaroriga izoh berdi. "Telegram o‘z platformasidan zararli foydalanishga, jumladan, sabotaj, zo‘ravonlik va firibgarlikka chaqiriqlarga qarshi faol kurashmoqda", — dedi Telegram vakili Remi Von.

Kiritildi: 12:40 14.08.2025. O'qildi: 1375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!