Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada SIM-karta IMEI-kodga bog‘lanadi

Rossiyada SIM-karta IMEI-kodga bog‘lanadi

Rossiyada mobil qurilma identifikasiya raqami (IMEI) ma’lumotlar bazasining ishlash asoslarini belgilovchi qonun loyihasi qabul qilindi.

Ushbu tashabbus kiberfiribgarlikka qarshi kurash bo‘yicha ikkinchi chora-tadbirlar paketi doirasida amalga oshirilmoqda. Mamlakatga mobil qurilmalarni import qilishda har bir qurilmaga qurilmani aniqlash imkonini beruvchi 15 xonali IMEI-kod beriladi. Bu raqamlar maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Uning ishlash tartibi Rossiya hukumati tomonidan belgilanadi.

Shartnoma tuzishda mobil operator hujjatda mijoz smartfonining IMEI-kodini ko‘rsatishi shart bo‘ladi. Qaysi SIM-karta qaysi qurilmada ishlatilgani haqidagi ma’lumotlar yagona ma’lumotlar bazasiga yuboriladi. Agar mobil qurilma identifikatori ma’lumotlar bazasida bo‘lmasa yoki SIM-karta boshqa qurilmaga ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, operatorlarga aloqa xizmatlarini ko‘rsatish taqiqlanadi.

Natijada, SIM-karta faqat bitta qurilmaga bog‘lanadi.

Avvalroq, Davlat Dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi SIM-kartalarni chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga telefonning IMEI-kodiga bog‘lamasdan sotish uchun jinoiy javobgarlikni joriy etuvchi hukumat qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishni taklif qilgan edi.

Ushbu qonun loyihasi Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 28-bobini — "Kompyuter axboroti sohasidagi jinoyatlar"ni 274(6)-modda bilan to‘ldiradi. Ushbu moddada chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan tuzilgan aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga foydalanuvchi uskunasining identifikasiya ma’lumotlarini (masalan, mobil telefonning IMEI-kodini) kiritish majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. SIM-karta shartnomada ko‘rsatilgan qurilmada ishlatilishi kerak.

Kiritildi: Bugun 13:00. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!