Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada pensiya yoshi o‘zgarmaydi

Rossiyada pensiya yoshi o‘zgarmaydi

Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin plenar yig‘ilishda mamlakatda pensiya yoshini oshirish rejasi yo‘qligini aytdi.

Volodinning so‘zlariga ko‘ra, Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Svetlana Bessarabning bayonoti buzib ko‘rsatilgan. Avvalroq, Bessarab pensiyaga chiqishda 10 yilga kechikish bo‘lsa, to‘lovlar miqdori sezilarli darajada oshishini aytgan edi.

— U yerda gap ko‘proq ishlashning afzalliklari haqida bo‘lgan, — dedi Volodin.

16 noyabr kuni Svetlana Bessarab TASS agentligiga bergan intervyusida pensiyani besh yilga kechiktirish individual pensiya koeffisiyentining 36% ga va bazaviy qismning 45% ga oshishiga olib kelishini izohladi.

Agar fuqaro 10 yildan keyin pensiyaga chiqsa, individual koeffisiyentlar 2,32 baravarga va bazaviy qism 2,11 baravarga oshadi.

Bundan tashqari, 25 oktyabr kuni Davlat Dumasi deputati Aleksey Govirin 1997 yildan oldin ish faoliyatini boshlagan keksa fuqarolar qo‘shimcha pensiya ustamasini olishlari mumkinligini e’lon qildi. Buning uchun fuqarolar yashash joyidagi Ijtimoiy jamg‘arma bo‘limiga murojaat qilishlari va ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.

Kiritildi: 23:50 20.11.2025. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!