Rossiyada koronavirusning omikron shtammi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ikki nafar rossiyalik fuqaro Afrikada dam olib qaytganlaridan so‘ng ularda omikron shtammi topilgan.
"JARdan kelgan barcha bemorlar karantinga olingan. Umuman olganda, o‘n nafar yo‘lovchida koronavirus qayd etilgan. Hozirda mutaxassislar virus shtammlarini aniqlamoqda. JAR va unga qo‘shni davlatlardan Rossiyaga qaytgan barcha fuqarolar chegaradan o‘tayotganda tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va maxsus karantin zonalariga joylashtirilmoqda", — deyiladi departament xabarida
Eslatib o‘tamiz, Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi virusolog professori Anatoliy Altshteyn omikron shtammining nisbatan xavfsiz, ammo o‘ta yuqumli ekanligini aytib o‘tgan edi.