Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada odamlar ichimlikdan zaharlandi

Rossiyada odamlar ichimlikdan zaharlandi

Rossiyada “Mister Sidr” ichimligidan zaharlanish oqibatida 28 kishi vafot etdi, 40 dan ortiq kishi kasalxonada davolanmoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova vaziyatga munosabat bildirib, barcha mahsulotlarni muomaladan olib tashlashni buyurdi. Ayni damda odamlar Ulyanovsk viloyatining Dimitrovgrad shahridagi “Territoriya pivo” va “BirrXaus” do‘konlaridan sotib olingan “Mister Sidr” ichimligidan zaharlangani ma’lum. Udmurtiyada bir kishi, Ulyanovsk viloyatida 18 kishi, Samara viloyatida 7 kishi, Nijniy Novgorod viloyatida 2 kishi vafot etgan.

“Mister Sider” ichimligi 2020 yildan beri Samara viloyati Vintay qishlog‘ida tashkil etilgan “Varka” xususiy pivo zavodida ishlab chiqariladi. Yetkazib beruvchi yakka tartibdagi tadbirkor, 32 yoshli Huseynov Anar Afat O‘g‘li (u qo‘lga olingan). 2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan zavodning asosiy faoliyati: pivo, alkogol, suv, sharbatlar, qandolat mahsulotlari, tamaki, dengiz mahsulotlarini ulgurji va chakana savdosi va ularni tashishdan iborat.

Kiritildi: 22:35 06.06.2023. O'qildi: 1574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!