Rossiyada milliardlab dollarlik sanksiya qo‘yilgan tovarlar Yevropa Ittifoqidan Osiyo mamlakatlariga tranzit paytida "yo‘qolib qolmoqda". Bu haqda “Vajnie istorii” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, bu sanksiyalarni chetlab o‘tuvchi “kulrang import” sxemasi hisoblanadi
O‘tgan yil davomida Yevropa Ittifoqidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston, Armaniston, Ozarboyjon va Gruziyaga 14 milliard dollardan ortiq sanksiya ostidagi mahsulotlar jo‘natilgan. Biroq ushbu mamlakatlarning import ma’lumotlariga ko‘ra, bu davlatlarga Yevropa Ittifoqidan 9 milliard dollardan sal kamroq qiymatdagi mahsulotlar yetib kelgan.