Rossiya Federasiyasining Bryansk viloyatida ko‘prikning qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 69 kishi tan jarohati oldi.
Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari shikastlangan vagonlar va poyezd lokomotivini ko‘zdan kechirmoqda, deyiladi departament xabarida. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun 180 ga yaqin mutaxassis va 60 birlik texnika jalb etilgan.
Ma’lum qilinishicha, 31 may kuni kechga yaqin Vigonichi qishlog‘i yaqinida mintaqada avtomobillar o‘tadigan ko‘prik qulab tushgan. O‘shanda o‘tish joyi ostidan yo‘lovchi poyezdi o‘tayotgan edi: u inshootlar ostida qolib ketdi.
Mash Telegram-kanali yuk mashinasi va yengil avtomobil "inshoot ostidan uchib ketgani" haqida xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prikning qulashiga tayanchning sinishi sabab bo‘lgan.
Moskva temir yo‘li (Rossiya temir yo‘llari bo‘limi) matbuot xizmati Bryansk viloyatidagi ko‘prikning qulashiga transport faoliyatiga noqonuniy aralashish sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
"Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prikning temir yo‘l relslariga qulashi natijasida, afsuski, yetti kishi halok bo‘ldi. 69 nafar jabrlanuvchi, jumladan, uch bola Bryansk viloyatidagi tibbiyot muassasalariga yetkazildi", — dedi Bryansk meri Aleksandr Bogomaz.