Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyada itlarga siyosatchilarning nomini berish ommalashdi. Oldinda Obama va Tramp ismlari

Rossiyada itlarga siyosatchilarning nomini berish ommalashdi. Oldinda Obama va Tramp ismlari

Rossiya kinolog federasiyasi a’zolari tomonidan itlarga nomi berilayotgan siyosatchilar ismining reytingi tuzildi. Ular ichidan eng ommabopi Tramp va Obama deb topildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp sharafiga 72 ta it nomlangan, ular orasida nemis ovcharkalari, chixuaxua va baroq itlar ham bor. Undan keyingi o‘rinda 39 ta itga Omaba nomi berilgan. Shunisi qiziqki, saylovda g‘olib chiqqan Jo Bayden sharafiga birorta ham uy hayvoni nomlanmagani ma’lum bo‘ldi. Rossiyalik siyosatchilar orasida esa «Rosnano» rahbari Anatoliy Chubays sharafiga 32 ta it nomlangani aniqlandi.

Shuningdek, mamlakatda uy hayvonlariga Germaniya kansleri Angela Merkelga 13, Rossiyaning sobiq prezidenti Boris Yelsinga 10, Vladimir Putinga 8, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga 3, Brejnev va Stalin sharafiga esa 2 ta it nomlangan.

Kiritildi: 11:51 20.11.2020. O'qildi: 3394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!