Rossiyada ishlamaydigan migrant oilalari uchun pullik yashash tartibi joriy etish taklif qilindi. Bu taklifni “Yangi odamlar” fraksiyasi deputatlari IIV rahbari Vladimir Kolokolsevga yuborgan.
To‘lov miqdori va tartibi IIV hamda manfaatdor idoralar tomonidan belgilanadi. Deputatlar fikricha, ishlamaydigan oilalar Rossiya iqtisodiyotiga moliyaviy hissa qo‘shmayapti va barcha xarajatlar davlat byudjetidan qoplanmoqda.
Yangi tartib byudjetga tushumlarni oshirish, migrantlarni rasmiy ishlash va ta’lim olishga rag‘batlantirishga qaratilgani aytilmoqda.