Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada erkak ayol kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Rossiyada erkak ayol kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Krasnoyarskda mahalliy erkak iti bilan aylanib yurgan ayolni urib o‘ldirdi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Tergov qo‘mitasining mintaqaviy bo‘limi xabar berdi.

Favqulodda vaziyat 24 dekabr kuni ertalab yuz berdi. 49 yoshli ayol itini sayr qilib yurgan vaqtda unga noma’lum shaxs hujum qilgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ammo keyinchalik kasalxonada vafot etgan. 

Ayolga hujum qilgan shaxs 25 yoshli mahalliy fuqaro bo‘lib, ilgari sudlanmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, it unga tashlangan va u o‘zini himoya qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak ushbu harakatni spirtli ichimlik ichgan holda sodir etgan.

Gumonlanuvchi hibsga olingan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan. U "Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, natijada ehtiyotsizlik oqibatida insonning o‘limiga sabab bo‘lish" moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Marhumning ikki voyaga yetmagan farzandi bor.

Kiritildi: 11:44 28.12.2020. O'qildi: 1739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!