Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyada yengil motorli samolyot Baykalga cho‘kib ketdi

A A A
Rossiyada yengil motorli samolyot Baykalga cho‘kib ketdi

Baykal ko‘lidagi Olxon oroli yaqinida Yak-12 yengil motorli samolyoti halokatga uchradi va ko‘l tubiga cho‘kib ketdi, deb yozadi «Vesti.ru». Uchuvchi mustaqil tarzda kabinadan chiqib oldi, uni avariya guvohlari qirg‘oqqacha olib borib qo‘ydi. Qutqarish jarayonini videoga olishdi.

Hodisa Xujir qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Kadrlarda suv ostiga kirib ketayotgan samolyot dumida turgan uchuvchini gidroskuter mingan odam chiqarib olayotganini ko‘rish mumkin. Yaqinga kelgan kema kapitani tomonidan bildirilgan yordam takliflarini ular rad etgan. Bir necha daqiqadan keyin Yak-12 ko‘l tubiga cho‘kib ketdi. Halokat sabablari haqida xabar berilmagan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 11:20 14.08.2018. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik