Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada 6 kishi qo‘lga olindi. Ular 500 nafar migrantni noqonuniy "qonuniylashtirgan"

Rossiyada 6 kishi qo‘lga olindi. Ular 500 nafar migrantni noqonuniy "qonuniylashtirgan"

Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volk Sankt-Peterburgda besh yuz nafar muhojirni noqonuniy "qonuniylashtirgan" olti kishi hibsga olingani haqida xabar berdi. Qo‘lga olinganlar orasida to‘rt nafar mahalliy va ikki nafar qo‘shni davlat fuqarolari ham bor.

«To‘rt nafar ayblanuvchi hibsga olindi, yana ikki nafariga joyni tark etmaslik va o‘zini to‘g‘ri tutish to‘g‘risida yozma ravishda ehtiyot chorasi qo‘llanildi», — dedi Irina Volk.

Polisiya, shuningdek, Rossiyada xorijliklarni noqonuniy "qonuniylashtirish" kanali qanday tashkil etilgani va u to‘xtatilganini ham tasvirlab berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, noqonuniy faoliyat tashkilotchisi o‘g‘li bilan birga harakat qilgan. Ular birgalikda Sankt-Peterburg va mintaqada propiskaga muhtoj bo‘lgan Markaziy Osiyo fuqarolarini topadilar. Shu bilan birga, noqonuniy muhojirlarni o‘z kvartiralarida pul mukofoti evaziga ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyor bo‘lgan mahalliy aholi vakillari qidiriladi.

2023 yil oxiridan buyon 500 dan ortiq kishi shu tarzda noqonuniy "qonuniylashtirildi". Ulardan ba’zilari keyinchalik vaqtinchalik yashash uchun ruxsat olish uchun ariza berishgan.

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish markazining ikki nafar xodimi jinoiy sxema haqida bilishgan. Hozirda polisiya hibsga olinganlarning boshqa sheriklarini aniqlamoqda.

Kiritildi: 18:45 12.09.2024. O'qildi: 1648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!