Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak Energetika vazirligiga "narxlarni barqarorlashtirish va ichki bozorni ustuvor ravishda ta’minlash maqsadida" 1 apreldan benzin eksportini taqiqlovchi qaror loyihasini ishlab chiqishni topshirdi, deb xabar berilmoqda hukumat saytida.
"Narxlarning o‘zgarishiga Yaqin Sharqdagi inqiroz sabab "jahon neft va neft mahsulotlari bozoridagi beqarorlik" turtki bo‘lgan", – dedi Novak.
"RBK" nashrining qayd etishicha, mart oyi boshidan buyon AI-92 va AI-95 markali benzin narxi 11 foizga oshgan.
Embargo joriy etilishiga nafaqat Yaqin Sharqdagi urush, balki Ukrainaning Leningrad viloyatidagi Ust-Luga va Primorsk portlariga qilgan hujumlari ham sabab bo‘lgan. Ushbu portlar orqali neft mahsulotlari eksport qilinadi, deyiladi "Kommersant" nashri xabarida.
TASS manbalariga ko‘ra, taqiq 31 iyulgacha amal qiladi va u yonilg‘i ishlab chiqaruvchilarga ham, treyderlarga ham taalluqli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil sentyabr oyida Rossiyada benzin va boshqa turdagi yonilg‘i eksportiga embargo joriy etilgan edi. Yanvar oyida yirik neft kompaniyalari uchun bu taqiq bekor qilingan, ammo treyderlar uchun o‘z kuchida qolgan edi. Ushbu taqiq muddati ham 31 iyulda tugaydi.