Rossiya yadroviy portlashlar, kimyoviy tahdidlar va tabiiy ofatlarning oqibatlaridan himoya qilishga qodir KUB-M mobil boshpanalarini seriyali ishlab chiqarishni boshladi, deya xabar beradi Butunrossiya fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar ilmiy-tadqiqot instituti.
KUB-M boshpanasi 54 kishini zarba to‘lqini va yadroviy portlash radiasiyasi, radioaktiv ifloslanish, yong‘in va kimyoviy moddalardan himoya qilishga mo‘ljallangan. Tabiiy va texnogen ofatlarda ham foydalanish mumkin.
Boshpana osongina ko‘chiriladi va kommunal xizmatlarga ulanadi, bu esa undan foydalanishni qulay qiladi.
Nijniy Novgorod viloyatining Dzerjinsk shahrida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Mutaxassislarning fikricha, bunday ishlab chiqarishning ishga tushirilishi Rossiyada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayotganidan dalolat beradi.