Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Pekindagi matbuot anjumanida mamlakat Xitoyga energiya resurslari yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat AQShning jahon energiya bozorlariga ta’siridan xoli bo‘lish uchun yetarli imkoniyatlarga ega. Ushbu bayonot Vladimir Putinning may oyiga rejalashtirilgan Xitoy safari arafasida ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, Rossiya Yaqin Sharqdagi inqiroz tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan resurs taqchilligini qoplab berishga qodir.
Diqqatga sazovor jihati, Putinning tashrifidan bir necha kun oldin Donald Tramp ham Si Jinpin bilan muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Lavrovning ta’kidlashicha, Moskva va Pekin teng huquqli hamkorlik orqali "tajovuzkor harakatlar"dan himoyalangan.