Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya va Yaponiya munosabati qachon yaxshilanadi?

Rossiya va Yaponiya munosabati qachon yaxshilanadi?

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya matbuot anjumanida bildirgan fikrlaridan “RIA Novosti” quyidagi iqtibosni keltirgan:

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Yaponiya bilan munosabat haqidagi bayonoti “biroz ijobiy”, biroq Ukrainadagi vaziyat o‘zgarmaguncha, mamlakatimiz G7 davlatlari bilan birga RFga nisbatan keskin sanksiya qo‘llashda davom etadi. O‘zaro munosabatda boshqa murakkab muammolar ham mavjud. Shu bois, avvalo, kelishib olishimiz zarur, chunki Rossiya qo‘shni davlat. Umuman, tashqi siyosatda biz milliy manfaatdan kelib chiqishda davom etamiz.

RF yetakchisi avvalroq Valday klubi yig‘ilishida Rossiya Yaponiya bilan yaqin 5 yilda ham, keyingi 50 yilda ham munosabat o‘rnatishga tayyorligini ma’lum qilgan va ikkinchi tomonni xulosa chiqarib, yo‘lidan qaytishga chaqirib, jumladan, shunday degan:

Rossiya Yaponiyaga hech qanday yomonlikni ravo ko‘rmagan va bundan keyin ham tahdid qilmaydi. Biz ushbu sharq mamlakati bilan hamkorlikni tiklashga tayyormiz. Kun chiqar yurtda, ayniqsa, energetika sohasida Moskva bilan sheriklikni davom ettirayotgan aqlli odamlar bor. RF Yaponiya bilan munosabatni yomonlashtirmadi. Aksincha muzokara olib bordi va tinchlik shartnomasi haqidagi qiyin savolga javob topishga harakat qildi.

Bu ikki davlat munosabati ko‘p yil davomida tinchlik shartnomasi yo‘qligi tufayli xiralashgan. 1956 yil SSSR va Yaponiya imzolagan Qo‘shma deklarasiyada Moskva tinchlik shartnomasi tuzilgandan keyin Xabomai va Shikotanni Yaponiyaga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishilgan. Sobiq sovet mamlakati mazkur hujjat nizoga chek qo‘yadi, deb umid qilgan. Raqib tomon esa barcha orollarga da’vodan voz kechmay, bitimga muammoni hal qilishning faqat bir qismi sifatida qaradi.

Yaponiya Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi bir necha sanksiya to‘plamini qabul qilgach, RF Tashqi ishlar vazirligi 2022 yil 21 mart kuni Moskva Tokioning nodo‘stona qadamiga javob sifatida ushbu davlat bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokara olib borishdan bosh tortgani va viza to‘xtatilganini e’lon qildi.

Kiritildi: 21:48 12.11.2024. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!