Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya va O‘zbekiston siyosiy idoralari maslahat uchrashuvi o‘tkazdi

Rossiya va O‘zbekiston siyosiy idoralari maslahat uchrashuvi o‘tkazdi

2024 yil 26 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Delegasiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.

Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajalarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali batafsil ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Rossiyaning xalqaro hamda mintaqaviy institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishi qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.\

Kiritildi: 16:48 26.04.2024. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!