Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershin turkiyalik hamkasbi Burak Akchapar bilan don kelishuvi, Qorabog‘ va Suriya atrofidagi vaziyatni muhokama qildi.
Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.
“Suhbatdoshlar 2022-yil 22-iyulda Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha Qora dengiz tashabbusi to‘xtatilganidan keyin tuzilgan Istanbul kelishuvlari bilan bog‘liq vaziyatni batafsil muhokama qildilar. Bundan tashqari, Qorabog‘ masalasini hal qilish jarayoni va Suriyadagi mavjud vaziyatga e’tibor qaratildi”, — deyiladi xabarda.
Ikkala tomon ham "global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va muhtoj mamlakatlarga zarur yordam ko‘rsatish muhimligini ta’kidladilar, shuningdek, mintaqaviy inqirozlarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilishning muqobilligi yo‘qligini" ta’kidladilar.