Nashr bu haqda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) direktori Jon Retkliffga tayanib xabar bermoqda.
"Almashinuv doirasida Rossiya va Qo‘shma Shtatlar fuqarosi Kseniya Karelinaning ozod etilgani aytilmoqda. U Rossiyada davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha 12 yillik qamoqqa hukm qilingan edi.
Buning evaziga AQSh Rossiya va Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan Artur Petrovni ozod qildi. U 2023 yilda Qo‘shma Shtatlarning so‘rovi asosida Kiprda hibsga olingan edi. Petrov AQSh tomonidan mikroyelektronika eksporti bilan bog‘liq ish bo‘yicha ayblanayotgan edi", deya xabar bermoqda WSJ.