Rossiyaning Qabardin-Bolqor respublikasi delegasiyasi O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keldi. Safar doirasida mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B. Islomov, “O‘zqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi B. Zaripov, boshqa rasmiylar bilan uchrashdi.
Bu haqda Qabardin-Bolqor Respublikasi sanoat va savdo vazirligi tomonilan xabar berildi.
Uchrashuvlarda sanoat korxonalari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Xususan, “Terekalmaz” AJ vakillari O‘zbekistonga burg‘ilash qurilamalari yetkazib berishda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha uzoq muddatli bitim imzoladi.