Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya Ukrainaning uzoq masofaga zarba beruvchi “aqlli bomba”sini tutib oldi

Rossiya Ukrainaning uzoq masofaga zarba beruvchi “aqlli bomba”sini tutib oldi

Rossiya Mudofaa vazirligi maxsus operasiya jarayonida birinchi marta Amerikaning GLSDB - uzoq masofali boshqariladigan raketasi urib tushirilgani haqida xabar berdi.

“Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida 18 ta HIMARS (AQSh) raketalari va bitta GLSDB boshqariladigan bombani tutib oldi”, — deyiladi hujjatda.

Ushbu "aqlli bomba" Boeing va Shvesiyaning Saab kompaniyasining birgalikdagi ishlanmasi bo‘lib, u bombaga raketa dvigateli ulangan va AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketa tizimi orqali uchiriladi. Ma’lum balandlikka yetganidan so‘ng, u ishlatib bo‘lingan raketa qismidan ajraladi va qanotlari yordamida uzoq masofalarga yetib boradi. Ushbu jarayonda u boshqarilishi ham mumkin.

HIMARS qurolining oddiy raketalari 80 kmga zarba bersa bu "aqlli bomba" 150 kilometr masofagacha yetib borishi mumkin. Lekin uning o‘ziga xos kamchilliklari ham bor. raketa dvigatelidan ajralganidan so‘ng uning tezligi pasayib qoladi. Ikkinchidan bombaning manzilga yetkaza olishi mumkin bo‘lgan portlovchi modda miqdori ham oddiy snaryadga nisbatan bir necha barobar kam.

Xo‘sh Kiyevga bunday bomba nima uchun kerak? Harbiy ekspert Aleksey Leonkov RIA Novosti muxbiriga tushuntirishiga ko‘ra, bu ularga HIMARSlarni front chizig‘idan uzoqroqqa ko‘chirish uchun kerak.

Rossiya Qurolli Kuchlari hali jang maydonida bunday o‘q-dorilarga duch kelmagan, ammo bunday ob’ektlar bilan kurashish qobiliyati Tor-M2 va Pansir-S1 havo mudofaa tizimlarida bor, dedi Leonkov.

Ma’lumot uchun, Rossiya hukumati Ukrainaga chet el qurollarining yetkazib berilishi mojaroni uzaytirishi, Ukrainada qurbonlar va vayronalar sonini oshirishi haqida bir necha bor ogohlantirgan edi.

Kiritildi: 07:35 29.03.2023. O'qildi: 11660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!