Ukraina bilan urushda qisman o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rejalashtirilgan muzokaralar arafasida Rossiya Ukraina hududiga yangi yirik hujumni boshladi. Hujumning asosiy nishoni Odessa edi - shahar rus dronlarining kuchli zarbasiga uchradi.
"Odessa yonmoqda, Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari shahardagi fuqarolik ob’ektlariga zarba berdi", dedi Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma natijasida qurbonlar bo‘lgan – ulardan kamida uchtasi. Ukraina matbuoti shaharda 15 dan ortiq portlash sodir bo‘lganini xabar qilmoqda. Turar-joy binosi, savdo markazi va korxonalarga zarar yetgan. Odessaning ayrim hududlarida elektr energiyasi uzildi.
Zaporoje shahri ham hujumga uchradi. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida kamida olti kishi, jumladan bir bola jarohatlangan. Bir qancha turar-joy binolari va avtomobillar yonib ketdi.
Ukraina harbiy aviasiyasi Qora dengizdan uchuvchisiz samolyotlar yaqinlashayotgani haqida oldindan ogohlantirgan, biroq hamma joyda ham zarbalarning oldi olinmagan.