Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Turkmanistonga maymunchechakni aniqlashga yordam beruvchi testlarni topshirdi

Rossiya Turkmanistonga maymunchechakni aniqlashga yordam beruvchi testlarni topshirdi

Rospotrebnadzor "Vektor" markazi tomonidan ishlab chiqilgan maymunchechakning laboratoriya diagnostikasi uchun mo‘ljallangan testlarni turkmanistonlik hamkorlarga topshiradi, deb yozadi “TASS” departament matbuot xizmatiga tayanib.

Qayd etilishicha, bu haqda Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vaziri Nurmuhammet Amannepesovning Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova bilan uchrashuvidan so‘ng bugun ma’lum bo‘ldi.

“Dunyoning bir qator mamlakatlarida maymunchechak kasalligi qayd etilishi munosabati bilan Rospotrebnadzor turkmanistonlik hamkorlarga ushbu kasallikning laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha "Vektor" ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan testlarni taqdim etadi, shuningdek, maslahat va yordamini ayamaydi”, — deyiladi matbuotda. Bu haqda Rospotrebnadzor markazi ma’lum qildi.

Kiritildi: 18:38 10.06.2022. O'qildi: 1769 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!