Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Turkiyaning Moskvadagi elchisi Tanju Bilgich bilan uchrashuvda mamlakatni G‘arbning Ukrainaga nisbatan buzg‘unchi siyosatida ishtirok etishdan voz kechishga chaqirdi . Uning so‘zlaridan TASS departamentga tayanib iqtibos keltirmoqda .
Uchrashuvda Galuzin Rossiyaning Ukrainaga G‘arb qurol-yarog‘ini yetkazib berishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi pozisiyasini qayd etdi. Moskvaning ishonchi komilki, Kiyevni harbiy qo‘llab-quvvatlash «mojaroning yanada kuchayishiga, uning cho‘zilishi va keraksiz qurbonlarga olib keladi».