Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Turkiyaga S-400 yetkazib berishni boshladi

Rossiya Turkiyaga S-400 yetkazib berishni boshladi

Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmualari komponentlarining birinchi partiyasi yetkazib berildi, deb xabar qildi RIA Novosti Turkiya Mudofaa vazirligiga tayangan holda.

"Etkazib berish ishlari Anqara provinsiyasidagi Myurted aviabazasiga amalga oshirilmoqda", - deyiladi relizda.

Turkiyaning Rossiyadan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qilishi xalqaro janjalni keltirib chiqardi: AQSh Anqaradan bu kelishuvdan voz kechishni va o‘rniga o‘zining Patriot majmualarini xarid qilish talabini qo‘ydi.

Ushbu taklif rad etilgan holatda Vashington Anqaraga yangi F-35 qiruvchilari savdosini ushlab turish yoki umuman bu kelishuvdan voz kechish bilan dag‘dag‘a qildi. Ammo Turkiya ortga chekinishdan bosh tortdi.

Ma’lumot uchun, S-400 "Triumf" — o‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan yangi zenit raketa majmuasi bo‘lib. Uni kechayu-kunduz, har qanday lanshdaft va kuchli radioelektron ta’sir sharoitlarida ham qo‘llash mumkin.

Turkiya - Belarus va Xitoydan so‘ng - Moskva o‘z "Triumf"larini yetkazib berayotgan uchinchi davlatga aylandi. Tez orada bu qatordan Hindiston ham o‘rin olishi kutilmoqda.

Kiritildi: 05:15 13.07.2019. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!