Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya TIV Armanistonni “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi

A A A
Rossiya TIV Armanistonni “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi

Armanistonning Xalqaro jinoiy sudning Rim statutiga qo‘shilish rejalarini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbalarga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Rossiya Armanistonning Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutiga qo‘shilish rejasini XJSning yaqinda Rossiya prezidentiga qarshi noqonuniy va asossiz ‘order’lari fonida mutlaqo nomaqbul deb hisoblaydi”, — deyiladi munosabatda.

Rossiya Armanistonni Rim statutiga qo‘shilgan taqdirda ikki tomonlama munosabatlarda “o‘ta salbiy” oqibatlarga duch kelishidan ogohlantirilgan.

17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi harbiy jinoyatlarda ayblanib, hibsga olishga order bergandi. Armaniston esa Putin mamlakatga tashrif buyurgan taqdirda uni hibsga olishini e’lon qildi.

Kiritildi: 05:10 28.03.2023. O'qildi: 3359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!