Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya Suriyaga gumanitar yordam rezolyusiyasiga veto qo‘ydi

A A A
Rossiya Suriyaga gumanitar yordam rezolyusiyasiga veto qo‘ydi

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida Suriyaga Turkiya hududi orqali gumanitar yordam yetkazib berish mexanizmi faoliyatini yana to‘qqiz oy uzaytirishni ko‘zda tutuvchi Shveysariya va Braziliya taklif qilgan rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Ovoz berishda Xitoy betaraf qolgan.

Turkiya – Suriya chegarasida joylashgan “Bab-al-Xava” chegara punktidan o‘tuvchi yordam yukini Suriyaga yetkazish muddati 10 iyulda tugadi. Rezolyusiya loyihasida Xavfsizlik kengashi gumanitar ko‘makni yana 9 oy, ya’ni 2024 yil 10 aprelgacha uzaytirishga qaror qilgan edi.

Rossiya Kengashga o‘zi tayyorlagan rezolyusiya loyihasini taqdim etgan. Hujjatda ushbu chegara o‘tish maskani faoliyatini 6 oyga uzaytirish taklif etilgan. 2014 yil yo‘lga qo‘yilgan, qo‘shni davlatlar, birinchi navbatda Turkiya orqali Suriyaga gumanitar va tibbiy yuk yuborishning soddalashtirilgan tartibi har yili uzaytirib kelinardi. Loyiha doirasida BMT gumanitar muassasalari va hamkorlari “Bab-as-Salom” va “Bab-al-Xava” (Suriya – Turkiya), “Al-Yarubiya” (Iroq), “Al-Ramta” (Iordaniya) chegara maskanlaridan Suriyaga yordam yuki o‘tkazib kelingan.

Suriya armiyasi mamlakatning aksariyat hududini nazoratga olgandan keyin, Damashq va Moskva chegara o‘tish maskanlari faoliyatini to‘xtatishga harakat qilmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:11 12.07.2023. O'qildi: 2148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!