Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Sloveniya diplomatini persona non grata deb e’lon qildi

A A A
Rossiya Sloveniya diplomatini persona non grata deb e’lon qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 12 aprel kuni Sloveniyaning Moskvadagi elchixonasi xodimini persona non grata deb e’lon qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Sloveniyaning Moskvadagi elchisi Darja Bavdaz Kuret Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Vazirlik elchiga 21 mart kuni rossiyalik diplomatning Sloveniyadan asossiz chiqarib yuborilishi yuzasidan norozilik notasi topshirgan.

“Biz buni Lyublyananing Rossiya-Sloveniya aloqalarini barbod qilish yo‘lidagi navbatdagi nodo‘stona qadam deb hisoblaymiz”, — deyilgan vazirlik xabarida.

Rossiya rasmiylari Sloveniya bunday buzg‘unchi siyosat oqibatlari uchun javobgar bo‘lishini ta’kidlashgan. Sloveniya hukumati o‘z vakiling Moskvada persona non grata deb e’lon qilinishi yuzasidan hozircha munosabat bildirmagan.

Kiritildi: 20:17 12.04.2024. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!