Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya Shvesiyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligiga berilgan ruxsatnomani olib qo‘ymoqchi

Rossiya Shvesiyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligiga berilgan ruxsatnomani olib qo‘ymoqchi

Shvesiya elchisi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Bu xabarni Rossiya TIV bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shvesiyaning Rossiya Federasiyasiga nisbatan qarama-qarshilik yo‘nalishini hisobga olgan holda, Rossiya tomoni 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab Rossiya Federasiyasining Gyotborgdagi Bosh konsulligi faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan. Shuningdek, 1 sentyabrdan boshlab Rossiya Federasiyasi Shvesiyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi faoliyatiga berilgan roziligini qaytarib oladi.

"25 may kuni Shvesiyaning Moskvadagi elchisi Malena Mard Rossiya diplomatik missiyasiga chaqirildi. Shvesiya elchisiga ma’lum qilinishicha, Rossiya tomoni javob tariqasida besh shved diplomatini, shu jumladan, Shvesiyaning Moskvadagi elchixonasi mudofaa bo‘yicha attashesining uch xodimini "persona non grata" deb e’lon qilishga qaror qilgan.

"Persona non grata" deb e’lon qilingan shaxslar Rossiya hududini tark etishlari shart.

Kiritildi: 22:28 25.05.2023. O'qildi: 1717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!