Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Shimoliy Yevropa davlatlari chegarasi yaqinidagi yadroviy bazalarini modernizasiya qilmoqda

Rossiya Shimoliy Yevropa davlatlari chegarasi yaqinidagi yadroviy bazalarini modernizasiya qilmoqda

"So‘nggi yillarda Shvesiya chegarasi yaqinida joylashgan kamida beshta Rossiya bazasi yangilanib, mustahkamlangan. Bu haqda Planet Labs kompaniyasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari guvohlik bermoqda", deya xabar qildi Shvesiyaning SVT telekanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil may oyida olingan suratlarda Belarusdagi Osipovichi shahri yaqinidagi Sovet ittifoqi davriga tegishli bazada, shuningdek, Kaliningrad viloyatidagi va Arktika mintaqasidagi bazalarda o‘zgarishlar qayd etilgan.

"Biz bu holatdan xabardormiz va vaziyatni anchadan beri kuzatib boryapmiz. Bu Rossiyaning yadroviy salohiyatiga qilayotgan sarmoyalari hamda Moskavaning yangi harbiy doktrina ishlab chiqishiga taalluqli", — deya munosabat bildirdi Shvesiya mudofaa vaziri Pol Yonson.

Kiritildi: 22:45 16.06.2025. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!