AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogning bugungi byonotlarida shunday fikrni ilgari surdi.
◾️ Tinchlikka erishish uchun Putin hududiy imtiyozlar berishi kerak;
◾️ Shuningdek, Rossiya Qurolli Kuchlari tarkibi qisqartirlishi ham kerak. Rossiyaning Eron, KXDR va Xitoy bilan ittifoqchiligi bir necha yil oldin mavjud emas edi. Hozir esa bunday ittifoqlar tashkil etilmasligi muhimdir.
◾️ Rossiyaga qarshi sanksiyalarning samaradorligini baholasak, ular hozirda 10 dan 6 ni tashkil qiladi. Ularning ijro etilishi esa 10 dan 3 darajada.
◾️ Sanksiyalar shunday bo‘lishi kerakki, ular Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilsin. Biz buni ilgari Eronga nisbatan qo‘llaganmiz, u yerda joriy etilgan sanksiyalar mamlakatni juda qiyin ahvolga solgan.
◾️ Ukrainadagi mojaroni tugatish keng qamrovli tartibga solish rejasi va ittifoqchilarning hamkorligini talab qiladi, urush harakatlarini davom ettirishni emas.