Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Qozog‘istondan gul olib kirishga taqiq o‘rnatdi

Rossiya Qozog‘istondan gul olib kirishga taqiq o‘rnatdi

Rosselxoznadzor 2024 yilning 21 oktabridan Rossiyaga Qozog‘istonda berilgan fitosanitar sertifikatlarga ega kesilgan gullar va g‘unchalarni olib kirishga taqiq qo‘ydi.

Idoraning qayd etishicha, Qozog‘iston gullarning katta qismini Niderlandiya, Polsha va Belgiya kabi nodo‘stona davlatlardan reeksport qiladi. Ular esa mahsulot xavfsizligiga yetarlicha nazorat o‘rnatishmagan.

Amerika nashri bu qaror Qozog‘iston BRIKS blokiga qo‘shilishdan bosh tortganidan ko‘p o‘tmay qabul qilingan deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 22:50 19.10.2024. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!