Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya Moldovaga norozilik bildirdi

Rossiya Moldovaga norozilik bildirdi

Rossiyadagi Moldova elchisi Lilian Dariy Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Rossiya TIV bayonot berishicha, unga Moldova hukumati tomonidan 23 oktyabr kuni Kishinyovdagi Rossiya elchixonasi xodimining «persona non grata» deb e’lon qilinishi munosabati bilan qat’iy norozilik bildirilgan. Bunga Moldova hududida portlovchi modda bo‘lgan dron parchalari topilgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

«Tegishli uchuvchisiz uchish apparatining Rossiyaga tegishli ekanini tasdiqlovchi dalillarning yo‘qligi mazkur qarorning asossizligidan dalolat beradi. Bu esa Moldovaning navbatdagi do‘stona bo‘lmagan qadami hisoblanadi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Moldova elchisiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligining notaci topshirilgan. Unda Rossiya tomoni o‘zarolik tamoyilidan kelib chiqib, Moldovaning Rossiyadagi elchixonasi xodimini nomaqbul shaxs deb e’lon qilishi ma’lum qilingan.

Kiritildi: 12:00 11.11.2026. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik