Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Litvaga ultimatum qo‘ydi

Rossiya Litvaga ultimatum qo‘ydi

Rossiya Tashqi Ishlar Vazirligi Litva Kaliningradga yuk tranzitini tiklamasa, javob choralari bilan tahdid qildi.

Agar Litva yaqin kelajakda Kaliningradga yuk tranzitini tiklamasa, Rossiya Federasiyasi o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun choralar ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi, dedi Rossiya TIV.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyun kuni Rossiya Tashqi Ishlar Vazirligi Litvaning vaqtinchalik ishlar vakili Virjiniya Umbraseneni chaqirtirdi.

“Biz shu munosabat bilan agar yaqin kelajakda Kaliningrad viloyati va Rossiya Federasiyasining qolgan hududi o‘rtasida Litva orqali yuk tranziti to‘liq tiklanmasa, Rossiya o‘z milliy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish huquqini saqlab qolishini bildirdik" - deyiladi departament sayti bayonotida.

Kiritildi: 16:02 20.06.2022. O'qildi: 13283 marta. Fikrlar soni: 50 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!