Bashar Asad rejimi qulagandan so‘ng Suriya shimolidan qo‘shinlar olib chiqib ketilganiga qaramay, Rossiya Latakiyadagi Hmeymim aviabazasi va Tartusdagi harbiy-dengiz bazasini hali tark etgani yo‘q. Bu haqda Suriyaning to‘rt nafar rasmiysi Reuters agentligiga ma’lum qilgan.
Moskvaga ayrim harbiy texnikalar, shuningdek Asad armiyasining yuqori martabali zobitlari olib ketilmoqda, biroq bundan maqsad "vaziyatga qarab qayta to‘planish va qayta joylashtirish", dedi Rossiya kuchlari bilan aloqada bo‘lib turgan Suriya armiyasining yuqori martabali rasmiysi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Moskva yangi hukumat bilan aloqa kanallarini o‘rnatgan, ammo Rossiya bazalarini saqlab qolish bo‘yicha muzokaralar kelajakdagi mavzusi bo‘lib qoladi. "So‘nggi so‘z Suriya xalqida bo‘ladi", deyiladi xabarda.