Rossiya BMT Bosh Assambleyasining Isroildan Falastinning bosib olingan hududini tark etishini talab qiluvchi rezolyusiya loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi . Bu haqda Rossiya Federasiyasining tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya assambleya yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti» .
Rossiya tomoni hujjat qoidalarini BMT Nizomi, uning asosiy organlari mandatlari, shuningdek, Rossiya Federasiyasining xalqaro-huquqiy majburiyatlariga to‘liq mos ravishda amalga oshirishga tayyor, deya ta’kidladi Nebenzya.
Mazkur qaror loyihasi bo‘yicha ovoz berish 18 sentyabr kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.