Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya ilk bor Ukrainaga qarshi «ODAB-1500» aviabombasini qo‘lladi

A A A
Rossiya ilk bor Ukrainaga qarshi «ODAB-1500» aviabombasini qo‘lladi



Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya armiyasi ilk bor Ukrainaning Sumi oblastidagi «Bolshaya Pisarivka» qishlog‘ida og‘ir «ODAB-1500» aviabombasini qo‘lladi.

BILD nashrining ochiq ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha eksperti Yulian Repke ta’kidlaganidek, «ODAB-1500» zarbasidan so‘ng, osmonda 1 km balandlikka tutun buluti ko‘tarilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu bomba SSSR davridan qolgan termobarik snaryad bo‘lib, nishonga tegishidan taxminan 10 metr oldin aerozol ko‘rinishidagi yonuvchi suyuqlikni chiqarib, uni yoqadi.

«Bu hajmli portlash deb ataladi. Ushbu turdagi o‘q-dorilar klassik o‘q-dorilarga qaraganda ko‘proq vayron qiluvchi kuchga ega».

Kiritildi: 23:42 31.03.2024. O'qildi: 4643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!