Qum bo‘roni Rostov, Volgograd va Astraxan viloyatlarini, shuningdek, Qalmog‘iston va Dog‘istonni qamrab oldi. “TASS”ning yozishicha, tabiiy hodisa kuzatilayotgan hududlarda yo‘llarda ko‘rish keskin yomonlashgan.
Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, qum bo‘ronlari chorshanba kunigacha davom etadi, shu vaqt ichida bo‘ron Kursk, Belgorod, Oryol, Lipesk, Ryazan va Nijniy Novgorod viloyatlariga yetib borishi mumkin.