Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi kunlik hisobotida qayd etishicha, Rossiya jang maydonida o‘q-dorilar, artilleriya va askarlar soni bo‘yicha Ukrainani ortda qoldirmoqda. Mobilizasiyaning yuqori sur’ati Rossiyaga katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lishiga qaramasdan Ukraina Qurolli Kuchlariga qarshi hujumlarni davom ettirishga imkon bermoqda. Vazirlik hisobotida gap yollanma askarlar yoki safarbar qilingan Rossiya fuqarolari haqida ekanligi qayd etilmagan.