Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Rossiya gvardiyasining yuqori martabali mansabdor shaxslarining Yevgeniy Prigojin va Vagner qo‘zg‘olonlarida ishtirok etgani ehtimolini tekshirmoqda, deb xabar beradi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW).
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya gvardiyasining yuqori martabali amaldorlari vagnerchilarga o‘z omborlarida snaryadlar va jihozlarning "muhim qismini" yashirishga ruxsat berishgan. Bu kelishuv qo‘zg‘olon tugagandan so‘ng, tashkilot yollanma askarlari qurolsizlantirilishi kerak bo‘lgan paytda erishilgan.
Ma’lum qilinishicha, bunday omborlardan biri Kazachiy Stan qishlog‘i hududida, Milliy gvardiya poligonlaridan biri yaqinida yaratilgan.