Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya-Gruziya chegarasida favqulodda holat joriy etiladi

A A A
Rossiya-Gruziya chegarasida favqulodda holat joriy etiladi

Shimoliy Osetiyadagi Yuqori Lars nazorat-o‘tkazish punktida Gruziyaga piyodalar o‘tish joyi ochildi. Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, bunday qaror bojxona punkti hududida avtomobillar ko‘p to‘planib qolgani sababli qabul qilingan.

«Gruziya tomon harakatlanayotgan yengil avtomobillar oqimi jiddiy ravishda ortib bormoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, vaziyat o‘ta keskinligicha qolmoqda», — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi o‘tkazish punktiga harbiy xizmatga chaqiruv bo‘limining safarbarlik punkti joylashtirilishini ta’kidlagan.

Blogger Nikolay Levshisning yozishicha, Rossiya harbiy texnikalari karvoni Vladikavkazdan Gruziya chegarasi tomon harakatlanmoqda.

Bir kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Yuqori Larsdagi tirbandlik tufayli piyodalar o‘tish joyi ochilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, biroq Shimoliy Osetiya FSB rossiyaliklarga chegarani piyoda emas, balki skuter yoki velosipedda kesib o‘tishga ruxsat berilganini ta’kidlagan.

Mamlakatda «qisman safarbarlik» e’lon qilinganidan so‘ng, «Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazish punktida Rossiyani tark etish uchun bir necha kilometrlik tirbandliklar yuzaga keldi. Qozog‘iston va Finlyandiya bilan chegaralarda ham navbatlar kuzatilmoqda. 26 sentyabrga kelib, Yuqori Lars chegara punktida tirbandlik 20 kilometrga cho‘zilgan. Unda 5,5 mingga yaqin avtomobil bor.

Kiritildi: 22:03 27.09.2022. O'qildi: 2701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!