Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya Finlyandiya bilan chegaraga yaqin hududdagi eski harbiy bazani tiklashni boshladi

Rossiya Finlyandiya bilan chegaraga yaqin hududdagi eski harbiy bazani tiklashni boshladi

Bu haqda Yle xabar bermoqda.

Fin teleradiokompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Petrozavodskdagi sobiq ittifoq davridan qolgan bazada faol tiklash ishlari boshlangan.

So‘nggi sun’iy yo‘ldosh suratlari hudud o‘simliklardan tozalanganini va maydonlarda o‘nlab harbiy yuk mashinalari hamda boshqa texnikalar paydo bo‘lganini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yil kuzda olingan suratlarda 50 dan ortiq transport vositalari qayd etilgan.

Harbiy ekspert Marko Eklundi sun’iy yo‘ldosh suratlarini tahlil qilib, bazani tiklash 2024 yilda Kareliyada tashkil etilgan yangi 44-armiya korpusi bilan bog‘liqligini aytgan. Korpus tarkibida taxminan 15 ming harbiy xizmatchi bo‘lishi mumkin va ularni joylashtirish uchun yangi kazarmalar, omborlar va mashg‘ulot maydonlari qurilishi zarur.

Kiritildi: 13:55 02.02.2026. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!