Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Federasiyasining Maxachqal’a va Kaspiysk shaharlarida aksilterror operasiyasi (KTO) rejimi joriy etildi

A A A
Rossiya Federasiyasining Maxachqal’a va Kaspiysk shaharlarida  aksilterror operasiyasi (KTO) rejimi joriy etildi

Milliy aksilterror qo‘mitasi bayonotiga ko‘ra, Dog‘iston Respublikasi xavfsizlik idoralari "terrorchilik faoliyatida ishtirok etgan qurolli shaxslarning qayerda ekanligi haqida" ma’lumot olgan. 31 martga o‘tar kechasi terrorchi sifatida gumon qilinayotgan shaxslar FSB maxsus kuchlari tomonidan Maxachqal’a va Kaspiysk shaharlaridagi bir nechta xonadonlarda to‘sib qo‘yilgan.

"Mahalliy vaqt bilan soat 5:35 dan Maxachqal’aning Leninskiy va Sovetskiy tumanlari hamda Kaspiysk shahri ma’muriy chegaralarida aksilterror operasiyasi rejimi(KTO) joriy etildi. Operasiya hududi yaqinida joylashgan uylar aholisi evakuasiya qilindi", deya xabar berdi "Interfaks" agentligiga respublika FSB tezkor shtabi.

Kiritildi: 11:00 31.03.2024. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!