Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Yevropadagi qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etmoqda — Kaya Kallas

Rossiya Yevropadagi qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etmoqda — Kaya Kallas

"So‘nggi oylarda Yevropada sodir bo‘layotgan qo‘poruvchilikka urinishlar alohida hodisalar emas, balki Rossiya tomonidan Yevropa Ittifoqi infratuzilmasini beqarorlashtirish uchun amalga oshirilayotgan tizimli harakatlarning bir qismidir", — dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Welt gazetasiga bergan intervyusida.

Kallasning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainaga keng bosqinni boshlaganidan beri Yevropada diversiyalar soni ortgan. U misol sifatida Boltiq dengizidagi Estlink 2 suv osti kabelining shikastlanishini keltirdi. Finlyandiya tergovchilari bu hodisada Rossiyaning “soya floti”ga mansub Eagle S tankeri ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Shu munosabat bilan Yevropa diplomatiyasi rahbari Rossiya kemalariga nisbatan qattiqroq choralar qo‘llanilishini e’lon qildi.

Kallasning fikricha, AQShda hokimiyat Donald Tramp jamoasiga o‘tganidan so‘ng, Vashington Rossiyaga nisbatan "qat’iy va keskin" harakat qilib, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

"Ukrainaga yordam — bu xayriya emas, balki barchamizning xavfsizligimizga kiritilgan investisiyadir. Agar Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qattiq qarshilik ko‘rsatsa, Xitoy bilan bog‘liq muammolar oldini oladi. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash amerikaliklarni kelajakdagi mojarolardan himoya qiladi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 21:02 30.12.2024. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!