Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Yevropadagi eng yirik litiy konlaridan birini nazoratga oldi

Rossiya Yevropadagi eng yirik litiy konlaridan birini nazoratga oldi

Rossiya qo‘shinlari ikki kun avval Donesk viloyatida joylashgan Shevchenko qishlog‘ini o‘z nazoratiga oldi. Bu kichik aholi punkti juda katta strategik ahamiyatga ega — u yerda Evropadagi eng yirik litiy konlaridan biri joylashgan.

Baholarga ko‘ra, bu yerda taxminan 13,8 million tonna ruda bor bo‘lib, 1,5% litiy-oksid miqdoriga ega. Bunda taxminan 207 000 tonna litiy-oksid yoki 96 200 tonna toza litiy ajratib olinishi mumkin.

Litiy — akkumulyatorlar ishlab chiqarishda asosiy strategik xom ashyo hisoblanadi. U smartfonlardan tortib elektromobillargacha bo‘lgan qurilmalarda ishlatiladi.

🇺🇸 Ukraina va AQSh o‘rtasidagi xomashyo hamkorligi bo‘yicha kelishuvlarga bu hodisa jiddiy tahdid solayotgani aytilayapti. Chunki Kiyev o‘zining muhim resurslaridan birini yo‘qotdi.

📌 Eslatib o‘tamiz, Ukrainada to‘rtta litiy koni bor va ularning ikkitasi hozir Rossiya nazoratiga o‘tgan. Doneskdagi rossiyalik rasmiylar ma’lum qilishicha, Shevchenko konlarini o‘zlashtirish ishlari vaziyat barqarorlashishi bilan boshlanadi.

Kiritildi: 13:44 29.06.2025. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!