28 yanvar kuni Rossiya Federasiyasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Mixail Yevdokimov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Bu haqda Ozarbayjonning tashqi siyosat idorasi xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, uchrashuvda, Rossiya matbuotida va ba’zi rasmiy doiralarda Ozarbayjonni maqsad qilib olishga qaratilgan dezinformasion maqolalar va reportajlarning e’lon qilinishi, tushunmovchiliklarga olib kelishi ta’kidlangan.
Elchiga bildirildi, bunday e’lonlar Ozarbayjon Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari Deklarasiyasining mazmuni va ruhiga zid keladi.
Shuningdek, «Ozarbayjon havo yo‘llari» kompaniyasiga tegishli samolyotning fojiali halokatiga oid dastlabki tergov natijalari ma’lum bo‘lganligi va tergov ishlarini yakunlash bo‘yicha ishlar davom etayotgani, shuningdek, samolyot halokatiga doir Rossiya tomonidan kutilyotgan natijalar ochiq aytib o‘tilgan.
Mahalliy matbuotda «Rus uyi» haqidagi ma’lumotlarga oydinlik kiritilib, bu Ozarbayjonning rasmiy pozisiyasi emasligi va shunday tashkilotlarning mamlakat hududida faoliyat yuritishi o‘zaro manfaatlar asosida va qonunlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlangan.