Dnepropetrovsk viloyati ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganjaning ma’lum qilishicha, 7 aprel kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari Nikopol shahri markazida avtobusga dron orqali hujum qilgan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, yana 12 kishi jarohatlangan.
"U bekatga yaqinlashayotgan edi — odamlar ham salonda, ham bekatda bo‘lgan. Bu tasodifiy zarba emas edi. Bu tinch aholiga qarshi ataylab amalga oshirilgan terror. Shunchaki o‘z ishlari bilan ketayotgan odamlarga qarshi hujum", — dedi Ganja.