Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya kecha tunda 145 ta dron yordamida Ukrainaga zarba bergan. Ukraina Harbiy-havo kuchlariga ko‘ra, 85 ta dron urib tushirilgan, yana 49 tasi katta ehtimol bilan elektron urush tizimlari yordamida zararsizlantirilgan. Qolgan o‘n bitta dron bilan nima sodir bo‘lganligi dastlab noma’lum bo‘lib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina rasmiylari Kiyev va Nikolayevga uchuvchisiz samolyotlar hujumi uyushtirilgani, natijada bir necha kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya hududi uzra 48 ta Ukraina dronlari yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Ularning aksariyati Bryansk, Kursk va Kaluga viloyatlariga, qolganlari Moskva va Belgorodga yo‘naltirilgan.